UZCOMP
http://uzcomp.ax3.net
O‘ZBEK TILIDAGI KOMPYUTER
DASTURLARI HAQIDAGI SAYT

Ушбу саҳифани кирилл алифбосида кўриш

Dasturlar tarjimalari Inglizcha-O‘zbekcha lug‘at Transliteratsiya Maqolalar Kitoblar Muhokama Sayt haqida
DASTURLAR TARJIMALARI

DIQQAT: Ushbu saytda keltirilgan barcha dasturlar bepul yoki GNU Public License asosida tarqatiladigan dasturlar hisoblanadi. Ularni bepul ishlatish, nusxa ko‘chirish, boshqalarga berish - mutlaqo qonuniy harakatlar hisoblanadi. Sayt ma'muriyati - qaroqchilikka qarshi. Tijorat dasturlarining qaroqchilik nusxasini ishlatib qonunni buzgandan ko‘ra, bepul dasturlardan qonuniy ravishda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday dasturlar tezroq tarqalishini ta'minlash maqsadida, ularning interfeyslarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga harakat qilmoqdamiz.

TARJIMA QILINGAN DASTURLAR:

Dastur nomi: PhpMyAdmin 3.0+
Tarjimon: Orzu Samarqandiy
Dastur sayti: http://www.phpmyadmin.net
Operatsion tizim: Istalgan
Talab qilingan dasturlar: Veb-server, PHP 5.2+, MySQL 5.0+, Veb-brauzer
Dastur tavsifi:
"phpMyAdmin" dasturi MySQL ma'lumotlar bazani boshqarish tizimini boshqarish uchun mo‘ljallangan PHP tilida yozilgan skriptlar to‘plami bo‘lib, kross-platforma dasturlar turiga kiradi, ya'ni kompyuterda istalgan operatsion tizim o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Ushbu dasturni ishlatish uchun kompyuteringizda Veb-server, kamida PHP 5.2, kamida MySQL 5.0 hamda Veb-brauzer o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Dastur nomi: Notepad++
Tarjimon: Orzu Samarqandiy
Dastur sayti: http://notepad-plus.sourceforge.net
Operatsion tizim: Windows NT/2000/XP/2003/Vista
Talab qilingan dasturlar: Yo‘q
Dastur tavsifi:
Ushbu dastur Windows OTning standart Bloknot dasturi (notepad.exe) o‘rniga ishlatish uchun mo‘ljallangan. Agar siz dasturlovchi bo‘lmasangiz, bu dasturning imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmaysiz, albatta. Agar dasturlovchi bo‘lsangiz, unda bu dasturning o‘ziga xos imkoniyatlarini to‘g‘ri baho bera olasiz. Notepad++ dasturi 50 dan ortiq dasturlash tillari sintaksisini tushunadi va operatorlarni boshqa rang bilan belgilaydi.

Dastur nomi: Lingoes
Tarjimon: Orzu Samarqandiy
Dastur sayti: http://www.lingoes.net
Operatsion tizim: Windows NT/2000/XP/2003/Vista
Talab qilingan dasturlar: Yo‘q
Dastur tavsifi:
Lingoes - elektron lug‘at dasturidir. Agar siz internetga ulangan bo‘lsangiz, unda "Matn tarjimasi" funksiyasini ham ishlatishingiz mumkin.

TARJIMASI TUGAMAGAN DASTURLAR:

Dastur nomi: Google.co.uz sayti
Tarjimon: Orzu Samarqandiy
Dastur sayti: http://www.google.co.uz
Operatsion tizim: Istalgan
Talab qilingan dasturlar: Veb-brauzer va internetga ulanish
Dastur tavsifi:
Ushbu sayt internetdagi eng mashhur qidirish mexanizmi bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlarda internet foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p kiriladigan sayt hisoblanadi. Dastur tarjimasi 2003-2004 yillarda amalga oshirilgan. Saytda keyinchalik ishga tushgan xizmatlar tarjima qilinmagan.

Copyright © 2010 yil, Orzu Samarqandiy.
Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanish mumkin, faqatgina veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart!